Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘l yaxshi bo‘lsa, sayyoh keladi» — Prezident asosiy muammolarni ko‘rsatdi

«Yo‘l yaxshi bo‘lsa, sayyoh keladi» — Prezident asosiy muammolarni ko‘rsatdi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor davomida turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni sanab o‘tdi.

— Parkent, Shahrisabz, Qamashi, Boysun, Sariosiyo, Kattaqo‘rg‘on kabi 25 ta tuman hokimlari turizmni rivojlantirish uchun, yo‘l, mobil aloqa va tezkor Internet masalasini hal qilib berishni so‘ragan.

Masalan, Shahrisabz tumanining «Navro‘z», «Miraki», «Oqdaryo» va «Hisor» hududlariga yiliga 500 mingga yaqin sayyohlar keladi.

Lekin, yo‘l, mobil aloqa va Internet, mehmonxona, umumiy ovqatlanish infratuzilmasi rivojlanmagani bois, sayyohlar faqat bir kunga dam olishga kelmoqda va ularga o‘rtacha 150 ming so‘mlik xizmat ko‘rsatilmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 60 milliard so‘m evaziga ushbu hududdagi 65 kilometr yo‘lni ta’mirlanib, Internet va mobil aloqa hal qilib berilishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng xizmatlar 3-4 barobarga oshishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring