Xorazmda ham jamoat transporti to‘xtatildi
Xorazm viloyatida 2020-yil 23-martdan boshlab tumanlararo yo‘nalishlardagi avtobus va yo‘nalishli taksi qatnovlari harakati to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Urganch va Xiva shaharlarida avtobus qatnovlari 70 foizga qisqartirilgan holda amalga oshiriladi. Jamoat transporti o‘rniga vaqtincha viloyat Sanitariya epidemologiya osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.
Har bir yo‘nalishsiz taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilinganligi xaqida ma’lumotnoma beriladi.
Shuningdek, barcha taksi egalaridan yo‘l haqini sun’iy ravishda oshirib yubormay, narxlarni mo‘’tadil saqlashlarini so‘ralgan.
Jamoat transporti qatnovining to‘xtatilishi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda asosiy va o‘ta muhim hisoblanadi, deyiladi Xorazm viloyati transport boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida ham qayd etilganini ma’lum qilgandi. Ammo hech qancha vaqt o‘tmasidan xorazmlik bemorda takroriy tekshiruvda koronavirus tasdiqlanmagani xabar qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter