Video: «Ferrari» o‘z tarixida eng kuchli atmosfera motoriga ega yangi modelini taqdim etdi
«Ferrari» kompaniyasi o‘zining yangi «488 Pista» modeli tasvirlangan dastlabki rasmiy videoni e’lon qildi. Avtomobil marka tarixida eng kuchli atmosfera motoriga ega bo‘ldi, deb xabar berdi «NV.ua».
3,9 litrli hajmga ega V8 dvigateli 720 ot kuchiga ega bo‘lib, odatdagi «488 GTB» versiyanikidan 49 ot kuchiga ko‘p demakdir. Bunga yangi taqsimlagich klapanlari, interkulerlarni kengaytirish, titan shatunli porshenlarni kuchaytirish natijasida erishildi.
Shuningdek, avtomobil massasi 90 kilogrammga yengillashdi va 1280 kilogrammga teng bo‘ldi. Shu bilan birga «Ferrari 488 Pista» uchun yangi ko‘rinishdagi kuzov ishlandi, u aerodinamik ko‘rsatgichlarni 20 foizga yaxshilagan.
Kupa 100 km/soat tezlikka 2,85 soniyada, 200 km/soatga 7,6 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 340 kilometrni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter