Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors»da ishlab chiqarish amaliyoti — yosh va iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi (video, foto)

«UzAuto Motors»da ishlab chiqarish amaliyoti — yosh va iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi (video, foto)

Har yili, «UzAuto Motors» AJ Asaka filialida Farg‘ona vodiysidagi oliy o‘quv yurti talabalari, kasb-hunar maktablari va kollej o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashadi.

Talabalar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishadi, kasb-hunar maktablar, kollej o‘quvchilari ishlab chiqarish jarayonining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha va oliy o‘quv yurti talabalari esa o‘z amaliyotini ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda malakalarini oshirishadi.

Joriy yilda Toshkent Turin politexnika universiteti, Andijon Mashinasozlik instituti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlaridan jami 1 000  nafardan ortiq talaba va kasb-hunar maktablari, kollej o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash orqali malakalarini oshirmoqdalar.

Talabalar korxonaning eng muhim bo‘limlari – ishlab chiqarish, logistika, xarid, sifat, muhandislik mahsulotlari boshqarmasi, texnologiya va texnik xizmat ko‘rsatish, moliya va hujjatlarni nazorat qilish bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.

Kasb-hunar maktablar va kollej o‘quvchilari presslash, payvandlash, bo‘yoqlash, yig‘uv sexlari va ta’minot tizimlarida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashadi.

«UzAuto Motors» AJ korxonasida talabalar uchun amaliyot oddiy rasmiyatchilik emas, balki muhim bir davr ekanligini ishonch bilan aytish mumkin. Amaliyotchilarning  aksariyati korxonada ishlashni hohlashadi. Agar talabalar amaliyot davrida o‘z mahoratini yaxshi ko‘rsatib, vazifalarini a’lo darajada bajarsalar, ular korxonada istiqbolli xodimlar zahirasida nomzod sifatida shakllantiriladi. Shu sababli ham ko‘plab talabalar amaliyotga mas’uliyat bilan yondashishadi.

O‘z navbatida, kompaniya ham amaliyotchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bo‘lajak mutaxassislar oziq-ovqat, transport, maxsus kiyim bilan ta’minlanadi. Muayyan uchastkalarda, sex va bo‘limlarda amaliyotini o‘tagan talabalarga bajargan ishi uchun oylik maosh to‘lanadi.

Korxona rahbariyati amaliyotchi talabalarning kelajakdagi kasbiy istiqboli va iqtidorini baholab borishadi. 2020-2021-yillar mobaynida kompaniya 191 nafar yosh mutaxassisni ishga jalb qildi. Ularning yarmidan ko‘pi o‘z vaqtida korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan.

Yosh mutaxassislar amaliyot orqali kelajakdagi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunish, o‘rganish  shuningdek, amaliyot davomida maosh olib pul ishlashga va eng asosiysi o‘qishni tamomlab, «UzAuto Motors» AJ korxonasiga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring