Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors yil boshidan buyon 108 300 dan ortiq avtomobilni o‘z egalariga topshirdi: Prezident topshirig‘i bajarildi

UzAuto Motors yil boshidan buyon 108 300 dan ortiq avtomobilni o‘z egalariga topshirdi: Prezident topshirig‘i bajarildi

Kecha, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan AOKA matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Shaxruh Sharaxmetovga jurnalistlar tomonidan, «UzAuto Motors»ning 1-mayga qadar avtomobil sotib olishda navbatlarni bartaraf etish bo‘yicha Prezident topshirig‘i bajarilishida qo‘mita nazoratni amalga oshiradimi?" deya savol berildi.

UzAuto yana bir bor ma’lum qiladi:

Jahon bozorining pandemiya bilan bogliq oldindan aytib bo‘lmaydigan hozirgi, shuningdek logistika va geosiyosiy muammolar kuzatilayotgan sharoitida xomashyo va avtomobillar narxining oshishi, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, zavodlar faoliyatining to‘liq tugatilishi yoki qisman yopilishi, xodimlar sonining qisqartirilishi va kataklizmlarning boshqa salbiy oqibatlari haqida xabarlarning muntazam o‘qilishi odatiy holga aylandi. Avtomobil sanoatining yuqori texnologiyali murakkab jarayon ekanligini hisobga olgan holda, hech qanday istisnolarsiz aytish mumkinki, avtomobil sanoati to‘laligicha o‘z-o‘zini ta’minlay olmaydi, unga barcha global o‘zgarishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

15 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida avtomobil sanoati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Xususan, davlat rahbari joriy yilning 1 mayiga qadar avtomobil sotib olishda yuzaga kelgan navbatlar bilan bog‘liq muammolarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shubhasiz, kompaniya bozorni kerakli miqdordagi avtomobillar bilan to‘ldirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish kunlik ishlab chiqarish hajmini 963 donadan 1037 donagacha (8 foizga o‘sish) oshirish imkonini berdi.

Pandemiyaga qadar bo‘lgan ishlab chiqarishga erishish bugungi kunga kelib, yil boshida shartnoma tuzilgan avtomobillar umumiy sonining 121 foizini iste’molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan bir necha oy oldin topshirish imkonini berdi. 2022 yil boshidan hozirgi kunga qadar 108 300 dan ortiq avtomobil o‘z egalariga topshirildi

Bundan tashqari, global va geosiyosiy inqirozlar sharoitida kompaniya tomonidan ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar «zaxira» yaratish imkonini berdi. Bugungi kunda dilerlik markazlarida 1 700 donaga yaqin avtomobil, shu jumladan, 700 donadan ortiq Nexia avtomobili mavjud.

Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun sanoat tomonidan bir qator keskin chora-tadbirlar qabul qilindi. UzAuto Motors tomonidan avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish uchun yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt «Optima» avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

Shuningdek, mart-aprel oylarida ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha 4200 dona avtomobil ishlab chiqarish uchun havo yo‘llari orqali 656 tonna butlovchi qismlar olib kelindi. «Uzbekistan Airways» AJ bilan kelishilgan holda, eng muhim avtokomponentlarni yetkazib berish uchun charter reyslari tashkil etildi.

Ishlab chiqarishning uzoq muddatli pasayishiga mikrochiplarni o‘zida mujassam etgan komponentlarning oldindan yaratilgan zaxirasi yo‘l qo‘ymadi. Yuk tashish muammolari hukumat darajasida hal qilindi. Logistika zanjirlarini optimallashtirish Koreya Respublikasidan butlovchi qismlarni yetkazib berish vaqtini 45 kundan 38 kungacha qisqartirish imkonini berdi, Xitoydan yuklar tashib keltirish temir yo‘ldan avtomobilga o‘tkazish esa tranzitni 55 kundan 20 kunga qisqartirdi.

Ushbu va boshqa misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar avtomobil butlovchi qismlarini maksimal darajada yetkazib berishga imkon berdi, bu esa o‘z navbatida zavodning uzluksiz ishlashini ta’minladi. GM International prezidenti Stiven Kifer va boshqa bir qator mikrochip ishlab chiqaruvchilar bilan olib borilgan muzokaralar yarimo‘tkazgichlarni qo‘shimcha yetkazib berish (yetkazib berilgan mikrochiplar hajmi 14 000 dan 20 000 ga oshirildi) va inqiroz davrida prognoz qilinganidan ko‘proq avtomobil ishlab chiqarish imkonini berdi.

Hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, shuningdek import qilinadigan Lacetti avtomobili uchun butlovchi qismlar yetkazib berish hajmini 6 000 donadan 8 000 donagacha, Damas avtomobili uchun esa 6 000 donadan 8 000 donagacha oshirildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beruvchi 30 dan ortiq yetishmayotgan butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar bilan kelishuvga erishildi.

Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda robotlashtirish, shuningdek payvandlash liniyasidagi jarayonlarni optimallashtirish hisobiga, Lacetti avtomobilining kunlik ishlab chiqarish hajmi 28 foizga, Cobalt avtomobili 22.5 foizga oshdi. Bundan tashqari, quritish pechini kengaytirish va kuzovning pastki himoya qatlamini qayta ishlash jarayonini yaxshilash orqali bo‘yoqlash sexining takomillashtirilishi natijasida, ishlab chiqarish hajmini 15 foizga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring