Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uchar qiz»dan birkam 100 ta jarima undirildi

«Uchar qiz»dan birkam 100 ta jarima undirildi

Qo‘qon shahrida yashovchi Go‘zal ismli qizdan IIB YXHB organlari qarorlariga asosan jami 99 ta qoidabuzarlik uchun salkam 67 million so‘m ma’muriy jarima qarzdorliklari undirildi. Bu haqda Xabar.uz’ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Go‘zalxon avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo‘l chiziqlarini bosib  va eng yomoni, svetaforning qizil chiroqlariga ham e’tibor bermasdan harakatlangan holda jami 99 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

E’tiborli jihati, 99 bor sodir etilgan qoidabuzarlikdan 86 tasi tezlikni oshirganligi uchun qo‘llanilgan.

MIBning Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan haydovchining «MALIBU» rusumli avtomashinasiga qidiruv e’lon qilinib, mashina Toshkent shahridan topilgan va jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgandan keyin, u jarimalarni to‘lashga majbur bo‘ldi. 99 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jami 66.312.814 so‘m undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring