Taniqli poygachi Jessi Kombs tezlik rekordini yangilashda halok bo‘ldi
AQShda taniqli poygachi ayol Jessi Kombs yangi tezlik rekordini o‘rnatish chog‘i halok bo‘ldi. Bu haqda «Rosbalt» xabar bermoqda.
After getting into an accident in southeast Oregon, professional racer and TV personality Jessi Combs has passed away. 💔https://t.co/wbz1Wh6EpL pic.twitter.com/bCKiaX61r6
— E! News (@enews) 28 avgusta 2019 g.
Kombslar oilasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 36 yoshli Jessi to‘rt g‘ildirakli reaktiv dvigatelli avtomobilda tezlikni 996 km/soatga chiqarib, uch yil ilgari o‘zi o‘rnatgan 769 km/soatlik ko‘rsatkichni yangilashni istagan edi.
Afsuski, fojia yuz berdi: Oregon shtatida, Alvorda cho‘lidagi qurigan ko‘l tubida o‘tkazilgan sinovda poygachi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter