Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tezlik kamaytirilmoqda

Samarqandda tezlik kamaytirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan viloyatning 12 ta ko‘cha va yo‘llarida transport tezligini 70 dan 60 km/soatgacha cheklash taklifi ma’qullandi. Bu haqdagi qaror 2 dekabrdagi sessiyada qabul qilingan

Viloyat hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida deputatlar tomonidan quyidagi uchastkalarda tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish tasdiqlandi:

— Sessiyada deputatlar Samarqand shahridagi M-37a Samarqand halqa yo‘lining 40-43 kilometrlari oralig‘ida;
— Afrosiyob, Dahbed va Gagarin ko‘chalarida;
— Kattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur, Samarqand, U.Barnoyev ko‘chalarida;
— Urgut tumanidagi 4R-47 avtomobil yo‘lining 57-64 kilometrlari oralig‘ida;
— 4R-50 «Tayloq-Urgut» avtomobil yo‘lining 22-24 kilometrlari oralig‘ida;
— 4K-522 «Urgut – Pochvon – Ustaxona» avtomobil yo‘lining 0-2 kilometrlari oralig‘ida;
— Bulung‘ur tumanidagi 4R-47 «Bulung‘ur –Urgut M39» avtomobil yo‘lining 0-5 kilometrlari oralig‘ida;
— Tayloq tumanidagi A-377 «Samarqand-Ayniy» avtomobil yo‘lining 2-9 kilometrlari oralig‘ida Deputatlar tasdiqlangan mazkur taklif Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasiga taqdim etiladi.

Avvalroq Toshkentda transport vositalarining harakat tezligi pasaytirilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring