Samarqandda ham avtobuslar dezinfeksiya qilinmoqda

Toshkent shahridagi jamoat transporti – avtobuslar turli yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida dezinfeksiya qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Samarqand shahrida ham ushbu tadbir qo‘llanilmoqda.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi va viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan «Samarqand Hamkor Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 60 ta avtobusni yo‘nalishga chiqish oldidan dezinfeksiya qilinmoqda.
Boshqa transport vositalari hamda avtoboshbekatlarni ham bosqichma-bosqich dezinfeksiya qilish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter