Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qotilgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirish talabi bekor qilindi

Yo‘qotilgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirish talabi bekor qilindi

«Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022 y.) qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi.

Shu paytgacha yo‘qolgan va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan guvohnomalarni haydovchilar imtihon topshirib, uning natijalariga qarab olar edi. Endi shu tartib bekor qilinmoqda.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlashda o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.

Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.

Amaliy imtihonlarda «V» toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.

O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

2023-yil 1-yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring