Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

3 sentyabr kuni Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Joriy yilning 31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentyabr kuni soat 10:00 gacha:

— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha.

3 sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha:

— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring