Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda mashinalarni «tonirovka» qilish bilan shug‘ullanadigan korxona nomi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonda mashinalarni «tonirovka» qilish bilan shug‘ullanadigan korxona nomi aniq bo‘ldi

Foto: «autoglassy.ru»

Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, ruxsatnoma Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Yengil avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari esa «Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat ko‘rsatish markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Nizom bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish tartiblari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, to‘lovning qolgan qismi qaytarilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring