«Muammo — mashina narxida emas, odamlarning kam pul topishida» — Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov «Alter Ego» loyihasiga intervyu berdi.
Suhbat asnosida u «UzavtoMotors» mashinalari narxi bilan bog‘liq jarayonlarga ham to‘xtalgan.
Qodirovning fikricha, «bizda mashinalar o‘ta qimmat emas, muammo — odamlar daromadining pastligida».
«Xalq «UzavtoMotors» mashinalari qimmatligidan emas, daromadning pastligidan jabr ko‘ryapti. Muammo mashinada emas, daromadda. Lekin men ochiqdan-ochiq qimmat mashinalarni xalqqa sotish tarafdori emasman. Bosqichma-bosqich transformatsiyani qo‘llayman. Birdaniga bojxona to‘lovlarini ochib bir nimaga erishish juda qiyin. Ozroq vaqt o‘tib bizda ham raqobatbardosh avtomobilsozlik sanoati yuzaga keladi», — deydi Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter