Mikroavtobus haydovchisi 29 ta jarimani to‘ladi
Avtotransport boshqarayotgan shaxs nafaqat o‘zining, yo‘lda harakatlanayotgan boshqa shaxslarning hayoti uchun ham javobgar ekanini unutmasligi lozim. Yo‘llarda harakatlanish tartib qoidalariga rioya etish ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushishdan asraydi.
Jarimalarni qo‘llash va undirishdan asosiy maqsad ham qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgandir.
Asaka tumanida istiqomat qiluvchi Z.M. ham boshqaruvidagi JAC M3 mikroavtobusida muntazam tezlikni oshirib, qoidabuzarliklar sodir etgan. Yo‘l qoidalariga amal qilmagani sabab jami 29 marotaba ma’muriy jarimaga tortilgan.
MIBning ijro harakati davomida ushbu shaxsdan sodir etgan qoidabuzarliklari uchun 10 mln. so‘mdan ziyod jarima pullari undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter