Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chalarda reyd: qarzdorlar mashinasi jarima maydoniga kirmoqda

Ko‘chalarda reyd: qarzdorlar mashinasi jarima maydoniga kirmoqda

Shu kunlarda MIB organlari tomonidan qarzdorliklarni majburiy tartibda undirish bo‘yicha YHXB bilan hamkorlikda qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan jami 45.542 ta ijro hujjati bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar boshqarmaning tumanlararo bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorlik va summasi haqida rasmiy ogohlantirilib, mazkur qarzdorlik bartaraf etilmasa uning huquqiy oqibatlari haqida tushuncha berilgan.

Shu kunlarda qarzdorlarni avtotransport vositalarini aniqlash va majburiy tartibda qarzdorlikni undirish bo‘yicha Toshkent viloyatida Byuroning viloyat boshqarmasi va YHXB bilan hamkorlikda qo‘shma reydlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir boshidan aynan shu kabi qarzdorlarning jami 227 ta avtomobil vositasi ushlanib, xatlangan va jarima maydonchasiga joylangan.

Jumladan, Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan qo‘shma tadbir davomida 42 ta ma’muriy jarima undirish bo‘yicha ijro ishi mavjud avtotransport ushlangan. Parkent tumanidagi tadbirda 46 ta YHXB ma’muriy jarimasi va DSI foydasiga ijro hujjati mavjud bo‘lgan qarzdorning transport vositasi ushlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qo‘shma tadbir viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring