Jarimalar to‘g‘risida ma’lumot olishning oson va bepul yo‘li
Bugungi tezkor zamonda har bir daqiqamiz hisobli. Ayniqsa, biror muhim ishni hal qilaman, deb turganingda qo‘lingga avtotransport harakati bilan bog‘liq jarima qog‘ozi tutqazib ketilsa, undan yomoni yo‘q. Ma’lumotlarga oydinlik kiritish yoki to‘lovni amalga oshirish uchun tegishli tashkilot eshiklarida navbat kutish hech kimga yoqmasligi aniq...
Hozirda jismoniy va yuridik shaxslar uyda yoki ishxonadan ham avtotransport vositalari, jumladan, sug‘urta polisi, sug‘urta hodisasi (yo‘l-transport hodisasi) hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi «Avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot» xizmatidan foydalanish lozim. Tegishli axborotlarni olish bilan birga «Jarimalar to‘g‘risida ma’lumot» bo‘limiga obuna bo‘lsangiz, barcha ma’lumotlardan avtomatik ravishda va bepul xabar topishingiz hamda to‘lovlarni elektron ravishda amalga oshirishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter