Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosarining «Trailblazer»i jarima maydoniga tiqildi

Hokim o‘rinbosarining «Trailblazer»i jarima maydoniga tiqildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 70 005 DAV raqamli mashina davlat raqamisiz harakatlanib, shahar ko‘chalarida bemalol qoida buzib yurgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Trailblazer» rusumli 70 005 DAV davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi E.T. boshqaruvida bo‘lgan transport vositasini «Qarshi-Shahrisabz» yo‘nalishidan orqa davlat raqam belgisiz hamda old va orqa yon oynalarini qoraytirib harakatlanib yurganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-modda 5-qismi va 126-moddalari bilan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur avtomashina avval ham qoidabuzarlik sodir qilgan va o‘shanda avtomobil Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqovga tegishli ekani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring