Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotganlar qayta imtihondan o‘tishi kerakmi?

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotganlar qayta imtihondan o‘tishi kerakmi?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ysangiz, uni tiklash uchun imtihondan o‘tishingiz kerak ekan» mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat bo‘yicha Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 271-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish xizmati» ishga tushirilgan.

Bunda fuqaro tomonidan mazkur reglamentning 2-ilovasida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori 58-bandida: fuqaro 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqargan bo‘lsa, yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi imtihonlarsiz almashtirilishi belgilangan (mazkur qarorning 59-bandida 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan).

Bordi-yu, fuqaro 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim eta olmasa, haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun qayta nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo‘yicha bildirilgan e’tiroz ham tezkor o‘rganilib, texnik xatoliklar bartaraf etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring