Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foto va video radarlar o‘rnatish huquqi tadbirkorlarga ham beriladi

Foto va video radarlar o‘rnatish huquqi tadbirkorlarga ham beriladi

Foto: «Xabar.uz»

«Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4913-son, 07.12.2020-y.) qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Qarorga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021-yil 1-martdan tadbirkorlarga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

Shunga ko‘ra, 2021-2022-yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring