Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cheklovlar vaqtida hokimlik xodimlariga shaxsiy avtomashinalarida harakatlanishga ruxsat berilganmi?

Cheklovlar vaqtida hokimlik xodimlariga shaxsiy avtomashinalarida harakatlanishga ruxsat berilganmi?

Foto: Xabar.uz

Karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarlarga Adliya vaziri matbuot kotibi –  axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara O‘rinbayeva javob qaytardi.

– Hozirgi pandemiya vaqtida shahar, tuman hokimliklari xodimlari shaxsiy avtomashinalarida harakatlanishga ruxsat etilganmi, maxsus komissiya qarorida bu haqda so‘z yuritilmagan?

– Respublika hududida karantin e’lon qilingani sababli, fuqarolar o‘zining shaxsiy avtotansport vositalarida kunning belgilangan vaqtidagina maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin.

Qolgan vaqtlarda esa Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida hamda avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxatida belgilangan asoslar bo‘yicha avtotransport vositasida harakatlanish mumkin.

Maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari keltirilgan. Lekin siz aytganingizdek, hokimliklar xodimlarining shaxsiy avtrotransport vositalari ushbu ro‘yxatda yo‘q. Shu sababli sizdan karantin qoidalariga amal qilishni va kunning belgingan vaqtida shaxsiy avtotrasport vositangizdan foydalanishingizni so‘rab qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring