Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada ilk milliy elektromobil brendi taqdim etildi

Saudiyada ilk milliy elektromobil brendi taqdim etildi

3-noyabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon «Ceer» deb nomlangan ilk milliy elektromobil brendini taqdim etdi. Avtomobil shirkati nafaqat podshohlik, balki Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika davlatlari uchun mahsulot ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan. 

«Saudiya Arabistoni shunchaki yangi avtomobil brendini yaratayotgani yo‘q. Biz yangi sanoat yo‘nalishi va ekotizimga asos solmoqdamiz. U xalqaro va mahalliy sarmoyani jalb etishi, mahalliy iqtidor egalarini ish bilan band qilishi,  xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlab, Saudiya Arabistoni YaIMni oshirishi kutilmoqda», – dedi shahzoda Muhammad bin Sulton.

Qayd etilishicha, yangi loyiha «Nigoh–2030» ctrategiyasiga muvofiq, Davlat sarmoya jamg‘armasining iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish dasturi doirasida amalga tatbiq etilmoqda.

Avtozavod podshohlikning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, jumladan, atmosferaga zaharli moddalar chiqarishni kamaytirish maqsad-mo‘ljallariga ham mos keladi.

«Ceer» shirkati dastlabki bosqichda xorijdan 150 million dollar sarmoya jalb etib, 30 ming ish o‘rni yaratishi rejalashtirilgan. Tahlilchilarga ko‘ra, zavod 2034 yilga borib Saudiya YaIMga 8 milliard dollar miqdorida ulush qo‘shadi. Loyiha Tayvanning «Foxconn» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

2025-yilda sotuvga chiqishi kutilayotgan avtomobillar xalqaro standartlarga muvofiq sifat va xavfsizlik ko‘rigidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring