BYD yangi elektromobilini taqdim etdi
BYD kompaniyasi Xitoyda boshlangan yirik avtoko‘rgazmada o‘zining yangi «Ocean-M» konsept elektromobilini taqdim etdi.
Hozircha avtomobilning imkoniyatlari va funksiyalari haqida ma’lumot berilmagan. Manbalarga ko‘ra, u 2024 yil so‘ngida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Dolphin modelidan biroz kattaroq ko‘rinishda bo‘lgan ushbu model BYD ning yangi avlod e-Platform 4.0 tizimida ishlab chiqarilishi mumkinligi aytilmoqda. Bunda batareya hajmi maksimal darajada kichraytirilgan, ammo yurish masofasi oshgan bo‘ladi.
BYD vakillarining ma’lum qilishicha, avtomobil narxi Xitoyda 150 000–200 000 yuan (20 700–27 600 dollar) atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter