Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brejnevning haydovchilik guvohnomasi qanchaga sotildi?

Brejnevning haydovchilik guvohnomasi qanchaga sotildi?

Foto: «Litfond»

Leonid Ilich Brejnevning haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirishlar taloni kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida xabar bergandik.

Lotning boshlang‘ich bahosi 1,35 – 1,5 million rubl etib belgilangan edi.

Kecha, 14-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida Brejnevning haydovchilik guvohnomasi 1,55 mln. rublga sotildi. Bu haqda kimoshdi savdosini tashkil «Litfond» auksionlar uyi o‘z saytida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kimoshdiga Leonid Ilich Brejnevning haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirishlar taloni qo‘yilgandi. Auksionlar uyining aniqlik kiritishicha, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirishlar taloni Brejnevning 70 yilligi kuni — 1976-yilning 10-dekabrida berilgan.

Hujjatlarni auksionga qo‘ygan kishining ma’lumotiga ko‘ra, bu IIV ministri Nikolay Shelokovning Brejnevga «hazil sovg‘asi» edi. Hujjatlar Brejnevning dachasida saqlab kelingan, 1991-yili Gavriil Popovich Moskva meri bo‘lganidan so‘ng dachadan foydalanish unga o‘tgan va u yerda saqlanayotgan barcha narsalar va hujjatlar bozor mulkiga aylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring