Benzin narxi AYQShlarda nega tushmayotganiga izoh berildi
Ikkinchi haftadirki, birja savdolarida AI-80 markali benzin narxi tushishda davom etayotgani haqida xabar berilmoqda. Bu vaqt oralig‘ida AYoQShlarda benzin arzonlash o‘rniga ko‘tarilishda davom etyapti. Bugun shoxobchalaridagi eng arzon benzin narxi 7390 so‘mga chiqqan, xususiy AYQShlarda esa 8300gacha oshgan.
Qayt etilishicha, bu vaqtda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 8 444 ming so‘mgacha pasayib 17 foizga arzonlashgan.
Kichik 1 tn lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzining o‘rtacha sotish narxi 7028 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 31 foizga arzonlashdi, «Sanoat energetika guruhi» MChJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 17 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yirik 60 tn lotlarda narxlar pasayishi tendensiyasi bir muncha sekin kechmoqda va 5 foizni tashkil etgan.
Mnopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxi birjada tushayotgan bo‘lsada, AYQShlarda oshayotganiga izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda, 2-3 oy davomida shakllangan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan AI-80 benzinning baland narxlarga ta’sir ko‘rsatish uchun faqat bozor mexanizmlari qo‘llanilmoqda, ya’ni taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, bu choralarning samara berishi va narxlarning barqarorlashishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, import benzinning narxlari jahon bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liqligi omili saqlanib qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 16-22 noyabr kunlari birjada pasayib borgan narxlarda xarid qilingan 20 760 tn mahsulotdan 3 409 tn yoki 16 foizi chakana tarmoqgacha yetib borgan.
Bunda, mahsulot birja savdolarida sotilgandan keyin zavoddan chakana savdogacha yetib borish muddatlarini (15 kungacha sarflanishi mumkin) ham inobatga olinishi muhim.
Bundan tashqari, hozirda Idoralaro ishchi guruh tomonidan benzin tannarxini optimallashtirish bo‘yicha bevosita ishlab chiqaruvchi korxonlarga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilmoqda, shuningdek Qo‘mita tomonidan birja savdolarida narxlarga sun’iy ravishda ta’sir ko‘rsatgan nohalol ishtirokchilarga nisbatan o‘rganishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter