Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha aholi punktlarida tezlik pasaytiriladi

Barcha aholi punktlarida tezlik pasaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Hujjatga asosan:

  • 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va poytaxtda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi;
  • 2023-yil 1-apreldan boshlab 27 ta professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik  maoshlari 20 foizga oshirilib, o‘rtacha 3 mln so‘mga teng bo‘ladi;
  • 2023-yil 1-iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish va javobgarligini liberallashtirish maqsadida 2023-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy o‘rnatiladi;
  • 2023-yilda 53 ta «Yangi O‘zbekiston» massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 2 barobarga oshirilib, 90 000 ga yetkaziladi;
  • 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablag‘lar yo‘naltiriladi;
  • 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln so‘m, shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trln so‘m yo‘naltiriladi;
  • 2023-yil 1-iyuldan boshlab, «Mahalla budjeti» tizimini barcha tumanlar va shaharlarda joriy etish orqali mahallalarga o‘z muammosini mustaqil hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 800 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi;
  • 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab budjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini o‘rnatish majburiyati yuklatiladi hamda 2026 yilga qadar ularning binolari energiya iste’molining 60 foizi «yashil energiya»ga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

 Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring