44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi «joyini topdi»
Naq 44 marotaba yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchi belgilangan jarimalarni to‘lash payti kelganda, «ertaga albatta to‘layman» deyishdan nariga o‘tmadi.
Oqibatda MIBning Yashnobod tumani bo‘limiga uning «ishi» kelib tushdi.
Toshkent shahar IIBB YHXBning qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-3 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 44 marotaba sodir etgan qarzdor O‘.M.dan davlat foydasiga jami 25 mln. 10 ming so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan harakatlar davomida qarzdorga tegishli «Nexia 3» rusumli transport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda ushbu avtotransport vositasini realizatsiya qilish ishlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, deyiladi MIB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter