«2024 Chery International Business Conference»: millionlab sotuvlarning yangi davridir
2024 yilning 28 aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasidagi Uxu shahrida «2024 Chery International Business Conference» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Butun dunyodan yig‘ilgan dilerlar va investorlar Chery’ning globallashuv yo‘lidagi ishonchli qadamlari va erishayitgan muhtasham yutuqlariga guvoh bo‘lish uchun birga yig‘ildilar. Tadbirda Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.
Moderatorning ochilish nutqidan so‘ng Chery brendining bosh direktori janob Chju Shaodun «Exploring the New Era» («Yangi davr tadqiqoti») nomli hisoboti bilan so‘zga chiqdi. U amalga oshirilgan ishlar natijalari va Chery brendini kelgusidagi rivojlanish strategiyasi haqida gapirdi.
Konferensiyada janob Chju Shaodun, Chery bir million dona avtomobil sotuvlarini ta’minlashga qodir bo‘lgan tizimni yaratish maqsadida barcha dilerlar va investorlar bilan ishlashga intilishini ta’kidladi. O‘tmishga nazar tashlab, Chery kompaniyasining har bir muvaffaqiyati – bu «mijoz birinchi navbatda» tamoyiliga qat’iy rioya qilishning natijasidir, deb aytishimiz mumkin.
2023 yilda Chery ajoyib natijalarga erishdi: eksportning hajmi 937 000 ta avtomobilni tashkil etdi, bu esa unga Xitoyning yetakchi avtomobil eksport brendiga aylanishga va butun dunyo bo‘ylab 13 milliondan ortiq mijozlarning ishonchini qozonishga imkonini berdi. Bu muvaffaqiyat Chery’ning «mijozlarga yaqinroq bo‘lish» strategiyasi, bozor talablarini chuqur anglanishi va iste’molchilarning fikr-mulohazalariga tezkor javob qaytarilishi bilan bog‘liqdir. Yutuqlar, shuningdek, Chery’ning asosiy qadriyatlarini global mijozlarga o‘zlarining professionaliklari va mukammal xizmat ko‘rsatilish orqali yetkazayotgan butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan 50 000 ga yaqin dilerlarning tinimsiz sa’y-harakatlari natijasidir.
Shiddatli globallashuv va qattiq bozor raqobati davrida kelgusi besh yil, Xitoy avtomobil brendlari va ularning dunyodagi raqobatchilari uchun hal qiluvchi davr bo‘ladi. Barqaror o‘sishga faqatgina brendni mustahkamlanishi va ko‘p qirrali marketingaviy imkoniyatlar orqali erishish mumkin, chunki faqat «yirtqichlarcha narx belgilashga» tayanish uzoq muddatli istiqbol rejalar tuzishda maqsadga muvofiq emasdir. Shu sabab Chery, undan an’anaviy raqobat chegaralaridan tashqarida bo‘lgan jahon darajasidagi marketing tizimini yaratish uchun yangi yo‘llarni izlashni talab etayotgan transformatsiyaning muhim bosqichidadir.
Bunga javoban Chery jahon darajasidagi brendning marketing tizimini yaratish uchun beshta asosiy kompetensiyani taklif qildi: mahsulot, brend, tajriba marketingi, ekologik tizim va ESG (Environmental, Social, and Corporate Governance – Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv).
Mahsulot sifatiga kelsak, Chery to‘rtta haydash rejimiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi elektr gibrid platformasini yaratmoqda: ICE (ichki yonish dvigateli), HEV (gibrid elektromobil), PHEV (qo‘shiluvchi gibrid elektromobil) va BEV (akkumulyatorli elektromobil). Ushbu platforma dunyodagi eng yuqori beshta xavfsizlik sertifikatlaridan ustun bo‘ladi: IIHS, C-NCAP, EUCAP, JNCAP va NHTSA.
Chery shuningdek, «Markirovka», «Keskinlashtirish» va «Globallashuv» strategiyalari orqali brending uzoq muddatli qiymatini ham yaratadi. Hozirgi paytda Chery global ekologik bozorda faol faoliyat yuritish uchun platformalar, tadbirlar, mahsulotlar va hamkorlikdagi ijodkorlik fondlari orqali Chery’ning ekologik matritsasini yaratish maqsadida With Chery With Love (WCWL) platformasini yaratmoqda. Kelajakda Chery yirik xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirishni, ijtimoiy faolkiklarda ishtirok etishni va Chery’ning dunyodagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan xayriya tashabbuslarini rivojlantirishda davom etadi.
Biznes anjumanida doktor Syuy Yuchjun Chery kompaniyasining so‘nggi texnologik yutuqlarini chuqur tahlil qilib, brendning kuchli innovatsion salohiyatini namoyish etdi. So‘ng, taniqli dilerlarning amaliy tajriba almashishi chog‘ida Chery global tarmog‘ining hayotga kuchli moslashuvchanligi va muvaffaqiyati hikoyalari namoyish etildi. Taqdirlash marosimida ilg‘or dilerlar o‘zlarining mohirona harakatlari va mehnatsevarliklari uchun taqdirlandilar. Butun dunyodagi manbalardan suvning yig‘ilishi asosiy voqeaga aylandi. Ushbu turli mamlakatlar madaniyatlari va kontsepsiyalarining uyg‘unligi Chery va uning global hamkorlari birgalikda ajoyib muvaffaqiyat tarixini yozayotgalarining ramzini anglatar edi!
Shuni faxr bilan ta’kidlash lozimki, «2024 Chery International Business Conference»da ADM Global kompaniyalar guruhi «Market share breakthrough award» («Bozor ulushi bo‘yicha mukofot») va «Annual performance award» («Har yilgi ish mahsuldorligi mukofoti») nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi, «Roodell Sergeli» va «Chery Bukhara» esa O‘zbekistondagi eng yaxshi dilerlar deb topildilar.
Konferensiyaning yakuniy sessiyasida Chery International’ning prezidenti janob Chjan Guybin chiqish qildi. Uning ta’kidlashicha, kompaniyaning marketing tizimi uchun million avtomobil sotish maqsadi nafaqat Chery brendini rivojlantirilishidagi muhim bosqichga erishish prognozidir, balki barcha dilerlar uchun katta umidlarga ega bo‘lgan reja hamdir.
«2024 Chery International Business Conference»ning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi Chery uchun mutlaqo yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. Chery o‘zining global dilerlari bilan yanada kuchli va samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida. Ular birgalikda muammolarni hal qilib, imkoniyatlardan foydalanishadi hamda Chery va uning barcha hamkorlari uchun ham farovon kelajakka yo‘l ochib beradilar!
O‘zbekistonda xususiy sarmoyalar hisobidan qurilgan birinchi avtomobil zavodi – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Chery Uzbekistan’ning rasmiy sahifalari:
Aloqa uchun telefon +99871 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter