O‘zbekistonga 10 oyda 22,5 mingta elektromobil import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 barobarga ko‘p
Joriy yilning o‘n oyida O‘zbekistonga 22,49 mingta elektromobil olib kirildi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Import 2022 yilning shu davriga (3679 ta avtomobil) nisbatan 6,1 barobar oshib, yetkazib berish hajmi 582,3 million dollarga yetdi. Statistika agentligining o‘tgan yilning shu davriga oid statistik ma’lumotlari bilan solishtirilganda yetkazib berish deyarli 13 barobarga oshganini ko‘rish mumkin (55,4 million dollarga 1749 ta elektromobil).
O‘tgan uch oyda (avgust-oktyabr) O‘zbekistonga 365,3 million dollarlik 15,1 ming dona elektromobil import qilindi.
Elektromobillarning 20,64 mingtasi (91,7 foizi) Xitoydan, 1258 tasi (5,6 foizi) bilan Gonkongdan. 147 tasi BAAdan, 136 tasi Janubiy Koreyadan, 134 tasi AQShdan va 125 tasi Germaniyadan import qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter