Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-dekabrdan jarimalar oshadi

1-dekabrdan jarimalar oshadi

Foto: «Xabar.uz»

1 dekabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga, bazaviy hisoblash miqdori esa 3 foizga (340 000 so‘m) oshmoqda.

Shunga muvofiq O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi.

Demak:

  • xavfsizlik kamarini taqmaslik — 170 ming so‘m;
  • texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan, tibbiyot qutichasi va boshqa favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan vositalari bo‘lmagan avtomobilni boshqarish — 170 ming so‘m;
  • avtomobilni hujjatsiz boshqarish — 340 ming so‘m;
  • qizil chiroqdan o‘tish — 680 ming so‘m;
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish (noto‘g‘ri parkovka) — 680 ming so‘m;
  • shatakka olish qoidalarini buzish — 1 million 700 ming so‘m;
  • boshqaruv vaqtida telefondan foydalanish — 1 million 20 ming so‘m;
  • davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — 1 million 700 ming so‘m;
  • yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashish — 1 million 700 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (20 km/s gacha) — 340 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (20−40 km/s) — 1 million 700 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (+40 km/s) — 3 million 60 ming so‘m;
  • qarama-qarshi harakatlanish — 3 million 400 ming so‘m;
  • transport vositalarini mast holda boshqarish — 8 million 500 ming so‘m jarima yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
  • ruxsatsiz «tonirovka» — 8 million 500 ming so‘mga oshadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring