Adekvat matbuot kotiblari haqida
Kecha Kun.uz saytida Buxoroning Peshku tumanidagi sport maktablarining birida majburiy mehnatga jalb qilinish bo‘yicha bir maqola chiqqan edi. Uni o‘qib asabim o‘ynab, post yozmoqchi edim kechroq. Ammo hayron qolarli yeri shundaki, o‘sha maqola chiqqach, oradan bir soat o‘tib Sport vazirligi masalani joyida o‘rganib, muammoni hal qilib o‘zini saytida bu haqida yozib chiqishga ham ulguribdi.
Men bilmayman bu vazirlikda matbuot kotibi kim (Otabek Eshmamatov — tahririyat izohi), ammo uni oqlayman va duo qilaman. Juda tez fursatda masalani o‘rganib chiqib, xodimlari tomonidan qilingan aybni tan olib, OAV bilan yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini isbotlashmoqda. Ular ham, masalan, ko‘plar kabi ignor qilishsa yoki Andijon hokimligi matbuot kotibiga o‘xshab ikki oydan keyin javob yozishsa hozir hech kim ajablanmas edi.
Muammosi ko‘rsatilgan tashkilotlar aybini tan olib, muammoni ochiq yechmasdan, o‘zini o‘tdan cho‘qqa urib «opqochishlari» men uchun juda kulgili va achinarli. O‘rnak olinglar sport vazirligidan shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yishda.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter